Suv xo‘jaligi xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
2026-04-16 12:45:00 / Yangiliklar
Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan suv xo‘jaligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada boshqarma markaziy apparati, "Jizzaxsuvqurilishinvest" davlat muassasasi hamda hududiy suv xo‘jaligi tizim tashkilotlari xodimlaridan iborat 19 ta jamoa ishtirok etdi.
Murosasiz va kurashlarga boy bo‘lgan o‘yin natijalariga ko‘ra, "Zomin" irrigatsiya tizimi boshqarmasi jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib 1-o‘rinni egalladi. "Uchtom" irrigatsiya tizimi boshqarmasi jamoasi 2-o‘rin va Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi jamoasi 3-o‘rinni oldi.
Musobaqa so‘ngida g‘olib va ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir jamoalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoaviy sportni rivojlantirish va xodimlar o‘rtasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.









