Yoshlar bandligi va kadrlar masalasi - ustuvor yo‘nalish
2026-04-16 17:40:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda asosiy e’tibor yoshlar bandligini ta’minlash, ularni sohaga keng jalb etish va malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalariga qaratildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda tizimda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, amaliyotga yaqinlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, kadrlar bilan ishlash sifatini yanada yaxshilash, rahbar va mutaxassislarning mas’uliyatini oshirish, xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda adolat va ochiqlikni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish orqali sohada barqaror kadrlar tizimini shakllantirish mumkinligi aytildi.







