⚡️ Boyovutlik suvchilar qo‘llab-quvvatlanmoqda
2026-04-15 15:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda so‘nggi yillarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, suv resurslaridan samarali foydalanish, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish hamda xizmat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, suvchilar zimmasidagi mas’uliyatli vazifalar, ularni qo‘llab-quvvatlash va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.
Ta’kidlanishicha, tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun qulay sharoit yaratish va ularning samarali ishlashini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Tadbir yakunida suv xo‘jaligi xodimlariga veloskuterlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Ushbu yordam ularning kundalik mehnatini yengillashtirish va ish unumdorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.





