“Yorqin” nasos stansiyasida ta’mirlash ishlari davom etmoqda
2026-04-13 12:50:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Yorqin” nasos stansiyasida nasos agregatlarini ta’mirlash ishlari izchil ravishda davom ettirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida “Vatkan” va “Oq qo‘rg‘on” agrofirmalari hududidagi suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 680 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari hamda 52 ta aholi xonadonlarining suv ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
Ma’lumki, “Yorqin” nasos stansiyasi 2,5 ming gektar maydonni sug‘orish uchun “Aylanma Darg‘om” kanalidan suv olib, “Uchkahramon” mashina kanali orqali uzatib beradi. Biroq so‘nggi yillarda mazkur hududda suv ta’minotida muayyan muammolar kuzatilib kelgan.
Kuzgi-qishki mavsum doirasida 2 ta nasos agregati muvaffaqiyatli ta’mirlandi.
Shuningdek, qo‘shimcha ravishda yana 1 ta nasos agregatini o‘rnatish uchun olib kelinib, montaj ishlariga tayyor holga keltirildi.



