💧Shovot tumanida "Shinjon" usulini targ‘ib etishga qaratilgan seminar
2026-03-16 18:35:00 / Yangiliklar

Unda soha mutaxassislari hamda tuman fermerlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida ushbu fermer xo‘jaligining 17 gektar paxta ekin dalasiga “Shinjon” usuli, ya’ni chigit ekilgach, tomchilatib sug‘orish shlanglari ustidan plyonka tortilib sug‘orilish texnologiyasi joriy etilishi namunasida mazkur tajribaning afzalliklari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.
Xususan, “Shinjon” usulida chigit ekiladigan maydonlarda bajariladigan agrotexnik tadbirlarning qisqarishi hisobiga tuproq zichlanishi va sarf-xarajatlarni kamaytirish imkonini berishi ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, seminar davomida Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-sonli Qarori (https://www.lex.uz/docs/8036872) mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Shuningdek, hukumat hujjatlarida belgilangan vazifa va topshiriqlarning ijrosini o‘z muddatlarida ta’minlash borasida ko‘rsatmalar berildi.
Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB matbuot xizmati




