Navbahorda “Oq devor irmoq” kollektori bo‘yida yashil bog‘ barpo etildi
2026-03-16 12:35:00 / Yangiliklar
“Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida Navbahor tumanidagi “Oq devor irmoq” kollektori bo‘yida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🚜 Xususan, kollektorning qariyb 2 kilometr qismi tozalanib, hudud tartibga keltirildi. Shu bilan birga, atrof-muhitni obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida bu yerda yangi yashil bog‘ barpo etildi, manzarali va soya-salqin beruvchi daraxt ko‘chatlari ekilib, hudud ko‘kalamzorlashtirildi.
🌿 Amalga oshirilgan ishlar tabiatni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi uchun yanada sof va musaffo muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bu kabi tashabbuslar hududlarda yashil hududlar maydonini kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.




