🌿 Hashar — obodlik va hamjihatlik timsoli
2026-03-13 11:45:00 / Yangiliklar
Yurtimizda azaldan xalqimizni birlashtirib kelayotgan ezgu an’analardan biri — hashar hisoblanadi. Mahalla va qishloqlarda obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, atrof-muhit tozalanadi, ariq-zovurlar, kanallar va irrigatsiya tarmoqlari tartibga keltiriladi. Bu esa nafaqat hududlarni obodonlashtirish, balki aholining o‘zaro hamjihatligi va birdamligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌸 Navro‘z umumxalq bayrami hamda muborak Ramazon hayiti ayyomi arafasida Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligida umumxalq xashari o‘tkazildi.
🚜 Hashar davomida tizimi xodimlari tomonidan hududlar tozalanib, atrof tartibga keltirildi, mavjud daraxtlar oqlanib, yanada ko‘rkamlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🌳 Shuningdek, daraxt va gul ko‘chatlari ekilib, hududlarni obod va fayzli holatga keltirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar bajarildi.
🤝 Bunday xayrli tadbirlar jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlab, yurtimizni yanada obod va ko‘rkam qilishga xizmat qiladi.







