Agentlik direktori Sardobada sayyor qabul o‘tkazdi
2026-02-27 19:25:00 / Yangiliklar

Unda Sardoba tumani hokimi Ziyodulla Karimov, Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi rahbari Nurkamol Ataqulov, sohaviy tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar, fermer va tomorqa yer egalari ishtirok etdi.
Dastlab suv resurslaridan samarali foydalanish, irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezident qaror va farmonlarining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Ularda belgilangan vazifalarni joylarda to‘liq va sifatli ijro etish, suvdan oqilona foydalanish va resurslarni tejash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida lotok tarmoqlarini ta’mirlash, ichki sug‘orish ariqlarini tozalash uchun texnika ajratish, ekin maydonlarini o‘z vaqtida va belgilangan me’yorlarda suv bilan ta’minlash kabi 12 dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi. Ayrim masalalarni joyida hal etish bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilindi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa belgilangan tartibda ijroga yo‘naltirildi.







