Suv tejovchi texnologiyalar — barqaror taraqqiyot kafolati
2026-02-25 13:30:00 / Yangiliklar

📜 Tadbir davomida Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati keng va atroflicha tushuntirildi.
⚖️ Shuningdek, seminarda Suv kodeksi hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasida suv xo‘jaligi sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suv obyektlarini muhofaza qilish, gidrotexnik inshootlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilish, raqamlashtirish va monitoring tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
🌱 Belgilangan vazifalar doirasida qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, zamonaviy sug‘orish usullarini amaliyotga tatbiq qilish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
📊 Shu bilan birga, suv sarfini qisqartirish orqali hosildorlikni oshirish, sohada raqamli yechimlardan foydalanish, nazorat va hisobot mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🤝 Seminarda vazifalar ijrosini ta’minlashda har bir mutaxassisning mas’uliyati muhim ekanini ta’kidlab, suv resurslaridan samarali foydalanish barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridan biri ekani qayd etildi.




