“Do‘stlik yop” kanalida hashar va obodonlashtirish ishlari
2026-02-23 20:15:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyati suv xo‘jaligi tashkilotlari xodimlari ham ushbu xayrli ishlarda faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi, Meliorativ ekspeditsiya, “Shovot-Qulovot” va “Polvon-G‘ozovot” irrigatsiya tizimi boshqarmalari Urganch tumanidagi “Do‘stlik yop” kanalida hashar tashkil etishdi.
Suv havzasi chiqindilardan tozalandi, kanal bo‘yidagi daraxtlar tagi oqlandi va atrof-muhit obodonlashtirildi.
“Do‘stlik yop” kanali uzunligi 10,6 km bo‘lib, to‘liq beton bilan qoplangan. U tumanning “Oq oltin”, “J.Manguberdi” va “G‘alaba” hududlaridagi 1 120 gektar yer maydonini suv bilan ta’minlaydi.
Bunday obodonchilik tadbirlari suv inshootlarining samarali faoliyatini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi farovonligiga xizmat qiladi.





