“Kitobxonlik burchagi” — ma’naviyat va tafakkurga qaratilgan muhim tashabbus
2026-02-21 15:55:00 / Yangiliklar
Prezidentimizning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida suv xo‘jaligi tizimida ham kitobxonlik targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida “Kitobxonlik burchagi” tashkil etildi.
Shuningdek, boshqarma hududida “Suv xo‘jaligi faxriylari” muzeyi hamda “Suvchilar kutubxonasi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu maskanlar soha tarixi, yutuqlari va tajribasini targ‘ib qilish, yosh avlodni kasbga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz.
Ushbu tashabbuslar tizim xodimlari, yosh mutaxassislar hamda tashrif buyuruvchilar uchun ma’naviyat va bilim maskaniga aylanib, jamoada kitobxonlik madaniyatini mustahkamlashga zamin yaratadi.





