Toshkent viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-02-04 17:50:00 / Yangiliklar

Unda tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, tadbirkorlar, mahalla faollari hamda suv xo‘jaligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi.
Qabul davomida 15 nafar fuqaroning ichki va xo‘jaliklararo sug‘orish tarmoqlarini tozalash, nasos stansiyalarining ish faoliyati, drenaj va kollektor tarmoqlarini ta’mirlash, fermer xo‘jaliklariga suv ajratish tartibiga oid murojaatlari qabul qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarning 3 nafari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Qolgan 12 nafar fuqaroning murojaatlari tegishli mas’ul rahbarlarga biriktirilib, belgilangan tartibda joyiga chiqib o‘rganish va ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatildi hamda nazoratga olindi.
Sayyor qabul jarayonida surdotarjimon orqali imkoniyati cheklangan shaxslarning ham murojaatlari qabul qilinib, ularning masalalarini qonunchilikka muvofiq hal etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan qabul davomida suv tanqisligi sharoitida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish usullaridan foydalanish, ichki ariq va tarmoqlarni soz holatda saqlash hamda har bir tomchi suvning qadrini anglash masalalari bo‘yicha tushunchalar berildi.
Mutaxassislar tomonidan qanday qilib suvni tejash orqali hosildorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash mumkinligi batafsil tushuntirildi.








