Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Sherobodda sayyor qabul o‘tkazdi
2026-01-29 14:40:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ilxom Jo‘rayev jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek ularning qonuniy vakillari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Unda hududdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, tadbirkorlar, mahalla faollari, aholi hamda suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
Qabul davomida o‘ndan ortiq fuqarolarning suv ta’minoti, sug‘orish tarmoqlari va sohadagi mavjud muammolar yuzasidan murojaatlari qabul qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar suv iste’molchilarining muammolarini joyida o‘rganish, suv xo‘jaligi obyektlarining samarali faoliyatini ta’minlash hamda fuqarolar bilan ochiq va tizimli muloqotni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

