Suv xo‘jaligida hisob-kitob va gidrometriya - muhim
2026-01-23 12:20:00 / Yangiliklar
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida "Suv xo‘jaligi tashkilotlarida suvning hisob-kitobini yuritish va gidrometriya xizmatini rivojlantirish" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand viloyatidagi irrigatsiya tizimi boshqarmalari, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari suv resurslaridan foydalanish sho‘ba boshliqlari, gidrometrlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Seminar davomida suv resurslarini hisob-kitob qilish va hisobotini yuritish, suvdan foydalanish rejasini tuzish, gidropostlarni attestatsiyadan o‘tkazish, suv o‘lchash vositalaridan foydalanish hamda gidrometriya sohasini yanada rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi.





