Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar g‘oliblari aniqlandi
2025-12-20 18:50:00 / Yangiliklar

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti sport majmuasida stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha “Suv xo‘jaligi vaziri kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.
Unda vazirlik markaziy apparati hamda tarkibiy bo‘linmalarining xodimlari ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, quyidagilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
Shashka (Ayollar o‘rtasida)
1. Nodira Alibekova -TIQXMMI MTU o‘qituvchisi;
2. Farida Kadirxujayeva -Vazirlik markaziy apparati Transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va suv kadastri boshqarmasi bosh mutaxassisi;
3. Barno Karabayeva - Vazirlik markaziy apparati Transchegaraviy resurslarini boshqarish va suv kadastri boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.
Shashka (Erkaklar o‘rtasida)
1. Ixtiyor Axmedov - Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi bosh mutaxassisi;
2. Sardor Olloniyozov - ISMITI tayanch doktoranti;
3. Bahrom Jo‘rayev - ISMITI doktoranti.
Shaxmat bo‘yicha
1. Shohimardon Tursunov - ISMITI tayanch doktoranti;
2. Asadbek Ilyosov - Ekspulatatsiya agentligi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;
3. Asror Rahmatullayev -Vazirlik markaziy apparati Suv xo‘jaligida istiqbolli loyihalarni shakllantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
Stol tennisi
1. Shohrux Husanov - Vazirlik markaziy apparati Strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘limi bosh mutaxassisi;
2. Behruz Boboyorov - ISMITI tayanch doktoranti;
3. Abdumajid Abdurahmonov -Ekspluatatsiya agentligi Suv omborlari va yirik gidrotexnik inshootlaridan foydalanish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.







