Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi matbuot kotibi tayinlandi
2025-12-12 13:50:00 / Yangiliklar

Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi matbuot kotibi tayinlandi
Mamarasulov Umidjon Alijon o‘g‘li Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi matbuot kotibi – direktorning axborot siyosati masalalari maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
U. Mamarasulov 1994-yilda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlagan. Xalqaro Nordic universiteti magistranti.
U. Mamarasulov bunga qadar “Daryo” internet nashri muxbiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Ungacha Adliya va Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmalari, Andijon mashinasozlik instituti va boshqa tashkilotlar axborot xizmatlarida ishlagan.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi orqali o‘tkazilgan ochiq tanlov natijalari hamda Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Mamarasulov Umidjon Alijon o‘g‘lini mas’uliyatli lavozimga tayinlanganligi bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!
