Navoiylik suv xo‘jaligi a’lochilari taqdirlandi
2025-12-15 09:25:00 / Yangiliklar

Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Unda Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori Zokir Ishpulatov ishtirok etib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, ularning suv xo‘jaligini rivojlantirishdagi mehnatini alohida e’tirof etdi.
Tadbir davomida ko‘p yillik samarali mehnati davomida yuksak natijalarga erishib, fidoyilik ko‘rsatgan “Karmana–Konimex” irrigatsiya tizimi boshqarmasining “Konimex” tumanlararo gidrouchastkasi kanali boshlig‘i Marat Sauitbayev hamda Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining Nurota uchastkasi boshlig‘i Shuhrat Yalgashevlarga “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.


