21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
2025-10-21 09:00:00 / Sohaga oid nashrlar

1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘ldi.
Mazkur qonun 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda qabul qilinib, bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida beqiyos ahamiyat kasb etib kelmoqda.
- O‘zbek tili — millat faxri, xalqimiz g‘ururi, davlatimiz timsolidir.
- Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 50 milliondan ortiq inson o‘zbek tilida so‘zlashadi.
Keling, ona tilimizni yanada ardoqlaylik, uni e’zozlab, kelajak avlodlarga sof va boy holda yetkazaylik!
