Zulfiya nomidagi Respublika Davlat mukofotining tuman bosqichi tanlovi bo‘lib o‘tdi
2025-10-20 16:25:00 / Oila va xotin-qizlar masalalari

Sariosiyo tuman Madaniyat markazida Sariosiyo tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan Zulfiya nomidagi Respublika Davlat mukofotining tuman bosqichi tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda har bir qizning orzusi sanalgan Zulfiya nomidagi davlat mukofotining sohibasi boʻlish istagidagi 74 nafar taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik faoliyatida yuqori choʻqqilarni zabt etishga shaylangan izlanuvchan va intiluvchan nomzodlar ishtirok etishdi.
Iqtidorli qizlar ixtisoslik bo‘yicha adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim va ijtimoiy faoliyatdagi alohida yutuqlari uchun ishtirok etdi. Ular o‘zlarining ilmiy faoliyati, olib borayotgan izlanishlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan har bir ishtirokchi qizlarning chiqishlarini, ularning tayyorlagan ishlari va soʻngi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik sohalaridagi alohida yutuqlarini koʻzdan kechirib, odilona baholab bordilar.
Tanlov yakunida ishtirokchilar orasidan 8 nafar gʻoliblar saralanib, eng munosib deb topilgan iqtidorli qizlar tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.









