“Ko‘zi ojizlar jamiyati” a’zolari uchun sayohat tashkil etildi
2025-10-11 11:00:00 / Ijtimoiy soha

Mehr-muruvvatli va bag‘rikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor qaratishni, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni, jamiyatda tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida e’zozlab keladi.
Sariosiyo tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi “Ko‘zi ojizlar jamiyati”ning a’zolari qadimiy Samarqand va Buxoro shaharlarining diqqatga sazovor tarixiy qadamjolarini, kecha va bugunni o‘zida aks etgan muzeylar, zamonaviy va milliy uslubda qad rostlagan bino va inshootlari bo‘ylab sayohat qilmoqdalar.






