Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayevning tumandagi mahalla yettiligi bilan chat orqali jonli muloqoti bo‘lib o‘tdi
2025-10-10 10:45:00 / Jonli muloqot

Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i S.Sheraliyev hamda tumandagi mahalla yettiligi ishtirokda navbatdagi chat orqali jonli muloqot o‘tkazildi. Unda, mahalla yettiligiga mas’ul bo‘lgan idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Shuningdek, tuman hokimi tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Xususan, ijro intizomi, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan belgilangan vazifalar ijrosi, soliq tushumlari, obodonlashtirish ishlari, jinoyatchilikni oldini olish, kommunal kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqilib, hududlarda belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida ishlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berildi.
Yakunida, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar inobatga olingan holda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.



