Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi!
2025-06-25 15:00:00 / Ijtimoiy soha

Sariosiyo tumanidagi 89-sonli umumta’lim maktabida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tarbiyalanayotgan 1 nafardan o‘g‘il bola va 1 nafardan qiz bola ishtirok etdi.
Tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan bolalarga Sariosiyo tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi
Tadbirda ota-onalar, maktabgacha ta’lim tashkiloti mas’ul xodimlari, shuningdek tuman mutasaddilari ishtirok etdi.
Tabiatni sevish, uni asrash va bolalarda tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatni shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan bu tanlov bolalar ijodini rag‘batlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.









