📚 “Dolzarb 90 kun” — yozni foydali o‘tkaz!
2025-06-04 09:00:00 / Hokimlik axborot xizmati

Prezidentimiz tashabbusi bilan 1 iyundan 30 avgustgacha o‘quvchi-yoshlar uchun “Dolzarb 90 kun” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha maqsadi — yoshlarning ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlariga faol jalb qilish.
7 million nafardan ziyod o‘quvchi turli to‘garaklar, musobaqalar va foydali mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Yoz — faqat dam olish emas, balki o‘sish, o‘rganish va rivojlanish mavsumi ham!
