IT sohasiga qiziquvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-04-14 10:00:00 / Hokimlik axborot xizmati

"Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilish, ularni sifatli ta’lim bilan qamrab olish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, 14-aprel kuni Sariosiyo tumanidagi 83-sonli umumta’lim maktabida tumandagi umum ta’lim maktablarining IT sohasiga qiziqishi bo‘lgan o‘quvchi-yoshlari bilan “IT-Park” uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda, tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Qurbonov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi mas’ullari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda, IT o‘quv kurslarida ta’lim olish uchun Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oila farzandlaridan iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish va kelgusida ularni malakali mutaxassislar bo‘lib yetishib chiqishlari uchun tumanda tashkil etilayotgan o‘quv kurslari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Ma’lumot o‘rnida: o‘quv kurslarida https://astracode.net platformasida Astracode loyihasi doirasida sun’iy intellektga asoslangan o‘qitilish kurslari, kompyuter savodxonligi, Frontend va Backend, ma’lumotlar omborlari bilan ishlash yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi.




