Bahor oylarida bog‘-tok qator oralaridan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
2025-04-07 10:30:00 / Tadbirlar

Bahor oylarida bog‘-tok qator oralaridan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
Sariosiyo tumani, Toqchiyon hududidagi “Alibobo-Shuhrat” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida tuman Fermerlar Kengashi va Agrosanoat agentligi hamkorligida qishloq va suv xo‘jaligi mas’ullari hamda bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida “Bahor oylarida bog‘-tok qator oralaridan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
- 11 gektar yer maydoniga tashkil etilgan bog‘imizda olma, shaftoli, behi, nok, olcha singari 6500 tup daraxtlar ekilgan, daraxt ko‘chatlarimiz hosilga kirguncha, qator oralariga eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiryapmiz -deydi fermer xo‘jaligi rahbari.
Seminar davomida, ishtirokchilari zamonaviy sanoatlashgan intensiv bog‘ tashkil qilish, undan samarali foydalanish haqidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.




