"Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
2025-03-28 15:30:00 / Yangiliklar

Termiz shahridagi Yoshlar markazida umumta'lim maktablarining 15 yoshli o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, surxondaryolik bilimdonlarga Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
🔹Mazkur tanlovda Surxondaryo viloyatidan quyidagi o‘g‘il-qizlar yuqori natijalarni qayd etishgan:
▫️Suxrob Egamberdiyev - Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
▫️Shuhratjon Fayzullayev - Uzun tumanidagi 20-maktab o‘quvchisi;
▫️Mubina Yusupova - Boysun tumanidagi 6-maktab o‘quvchisi;
▫️Nodira Xusaynova - Sariosiyo tumanidagi 1-maktab o‘quvchisi;
▫️Abror Elmo‘minov - Oltinsoy tumanidagi 35-maktab o‘quvchisi.
💐O‘quvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!









