Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli ötkazildi
2026-11-18 12:00:00 / Furqarolar qabuli

Fuqarolarning murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş, ularni qiynayotgan muammolarga yeçim topiş hamda aholi bilan oçiq muloqotni ta’minlaş maqsadida Sariosiyo tumani hokimi va uning örinbosarlari tomonidan joylarda muntazam şaxsiy qabullar ötkazib kelinmoqda.
Bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tomonidan Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli ötkazildi.
Qabul davomida 25 nafar fuqarolar tomonidan kommunal masalalar, imtiyozli kredit ajratiş, bandlikni ta’minlaş, davolaniş, yer maydoni bilan boğliq masalalar hamda boşqa ijtimoiy yönalişlardagi murojaatlar va takliflar atrofliça körib çiqildi.
Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etilib, qöşimça örganiş talab etiladigan masalalar yuzasidan tegişli taşkilotlar rahbarlari va mas’ullarga aniq topşiriqlar berildi. Ularning ijrosi nazoratga olinib, mas’ul ijroçilar biriktirildi.
Şuningdek, fuqarolarga amaldagi qonunçilik talablari asosida huquqiy tuşuntirişlar berilib, har bir murojaatni qonuniy va adolatli hal etiş böyiça zarur çoralar belgilandi.






