Haşar — ezgulik va hamjihatlik timsoli
2026-11-07 15:00:00 / Tadbirlar

Xalqimizning asrlar davomida asrab-avaylab kelayotgan ezgu qadriyatlaridan biri — haşar. Uning zamirida Vatanga muhabbat, yurt obodligi, mahalla ravnaqi hamda özaro ahillik va birdamlik mujassam.
Bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, deputat va faol nuroniylar bilan birgalikda Xufar mahallasida bölib, mahalla aholisi taşabbusi bilan haşar yöli orqali barpo etilayotgan qariyb 11 kilometr içki yölda olib borilayotgan betonlaş işlar bilan tanişdi.
Mahalla faollari va aholi bilan muloqot çoğida bunday ezgu taşabbuslar har bir mahallada keng yoyilişi, haşar orqali obodlik va bunyodkorlik işlarini yanada jadallaştiriş muhim ekani alohida ta'kidlandi. Şuningdek, xalqimizga xos birdamlik, ahillik va özaro kömak fazilatlari mahallalar ravnaqining muhim omili ekani qayd etildi.
Ta'kidlanganidek, Xufar mahallasida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari aholi birdamligi va taşabbuskorligining yorqin namunasi hisoblanadi. Haşar esa xalqimizni ezgu maqsadlar yölida birlaştirib, yurt obodligi va mahallalar taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan bebaho qadriyat sifatida öz ahamiyatini saqlab kelmoqda.









