Qadrli içki işlar organlari xodimlari va soha faxriylari!
2026-10-25 09:05:00 / Tadbirlar

Bugun yurtimizda El-yurt tinchligi – eng yuksak qadr shiori ostida keng nişonlanayotgan Içki işlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan siz, aziz tinçligimiz posbonlarini, fidoyi xizmatçilar va soha faxriylarini, şuningdek, Vatan tinçligi, yurt osoyiştaligi yölida jonini fido etgan mard farzandlarimizning oila a’zolarini çin yurakdan samimiy tabriklayman.
Sönggi yillarda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan içki işlar organlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Soha faoliyati çinakam xalqçil tizimga aylandi, huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida mutlaqo yangi yondaşuvlar — har bir mahalla, oila va şaxs kesimida jinoyatçilik sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etişga qaratilgan "fuqarobay", "oilabay" va "mahallabay" işlaş tizimi amaliyotga tatbiq etildi.
Bu orqali, avvalo, inson qadri uluğlandi, mahallalarda xavfsiz va soğlom muhit yaratildi.
Xavfsiz va barqaror jamiyatni yaratiş yölidagi fidokorona xizmatlaringiz xalqimiz tinçligi va farovonligining asosiy kafolatidir. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan holda, yurtimiz taraqqiyotiga qöşayotgan hissangiz yuksak e’tirofga loyiq.
Fursatdan foydalanib, sizlarga mustahkam soğlik, oilaviy totuvlik va xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman. Kelajak avlodlarimiz baxt-u saodati yölidagi ezgu xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bölsin!
Bayramingiz muborak bölsin!
Odiljon Yaqubov,
Sariosiyo tumani hokimi
