Sariosiyoda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş yuzasidan yiğiliş bölib ötdi
2026-10-26 09:00:00 / Oila va xotin-qizlar masalalari

Sariosiyo tuman Madaniyat markazida tuman hokimining birinçi örinbosari Ğayratjon Davlatov, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği D.Toşmatova, tegişli taşkilot va idoralar mutasaddilari, mahalla raislari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari iştirokida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş va ajrimlarning oldini oliş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda mahallalardagi xotin-qizlar faollari faoliyati, platformaga kiritilayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, xotin-qizlar bandligini ta’minlaş va tadbirkorligini rivojlantiriş, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlaş, tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan ayollar bilan manzilli işlaş, şuningdek, xotin-qizlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida mavjud muammo va kamçiliklar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, har bir murojaat va muammoni individual yondaşuv asosida hal etiş, profilaktik işlar samaradorligini oşiriş hamda belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga oliş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
Şuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini ta’minlaş, oilalarda soğlom ma’naviy muhitni mustahkamlaş hamda mahallalarda tinç va osoyişta muhitni ta’minlaşga qaratilgan işlarni yanada samarali taşkil etiş böyiça ustuvor vazifalar belgilandi.








