Payshanba – Yoshlar kuni: rahbar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-10-22 16:30:00 / Yangiliklar

Prezident tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida Sariosiyo tumanida yoshlar bilan ochiq muloqotga bag‘ishlangan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Unda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, tuman prokurori B. Oltibayev, tuman IIB boshlig‘i G‘. Xo‘jamqulov, soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh. Qosimov, Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sh. Fatxullayev, tegishli tashkilot va korxona rahbarlari, yoshlar yetakchilari hamda mahallalardagi ishsiz va uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etilib, ularning taklif, tashabbus hamda murojaatlari tinglandi. Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kredit ajratish, kasb-hunarga o‘qitish, ta’lim olish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bildirgan takliflari muhokama qilindi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tezkor hal etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliy natijalar bilan ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, uchrashuvda har bir yosh bilan manzilli ishlash, ularning qiziqishi va salohiyatidan kelib chiqib, bandligini ta’minlash hamda kelajak rejalari amalga oshishiga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini bevosita o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish imkonini bermoqda.









