Sariosiyo tumanida “Sog‘lom ona — sog‘lom bola, sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyili targ‘ib qilindi
2026-10-20 08:00:00 / Oila va xotin-qizlar masalalari

Sariosiyo tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Sog‘lom ona — sog‘lom bola, sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyilining mazmun-mohiyati, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.





