Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozorida narx-navo barqarorligi o‘rganildi
2026-10-18 14:00:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari G‘.Davlatov hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda “Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJda bo‘lib, bozordagi narx-navo barqarorligi, savdo rastalari faoliyati hamda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash holatini o‘rgandi.
Tashrif davomida go‘sht, parrandachilik, meva-sabzavot va boshqa asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari hamda ularning narxlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar va savdo jarayonlari tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida mas’ullarga narx-navoning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yetarli darajada shakllantirish, savdo jarayonlarini tizimli tashkil etish hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.









