Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2026-10-17 14:00:00 / Yangiliklar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov, tegishli mas’ullar hamda aloqador korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son "Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar jumladan, ta’lim muassasalari va mahallalarda profilaktik hamda targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, xavfli hududlarda manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, tibbiy nazoratni kuchaytirish va bajarilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish masalalari muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar giyohvandlik va narkojinoyatlarning inson salomatligi, oila va jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri haqida so‘z yuritib, ayniqsa yoshlarni ushbu illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi vazifalarga alohida to‘xtaldi.
Yig‘ilish yakunida giyohvandlikka qarshi profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.









