2027-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish ishlari jadal davom etmoqda
2026-10-13 10:25:00 / Qishloq va suv xo'jaligi

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tegishli mas’ullar bilan birgalikda tumanning Xufar hududidagi “Xayrullo Oltin Dalasi” fermer xo‘jaligida 2027-yil hosili uchun g‘alla urug‘larini ekish, ekilgan maydonlarni sug‘orish hamda unib chiqqan nihollarning rivojlanish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida hosildorlikni oshirishda urug‘larni agrotexnik talablar asosida o‘z vaqtida ekish, sug‘orish ishlarini sifatli tashkil etish va nihollarning bir maromda unib chiqishini ta’minlash muhim omil ekani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan mutasaddilarga ekish va sug‘orish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli tashkil etish, suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklari faoliyatida ilg‘or tajribalarni keng joriy etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kelgusi hosil uchun mustahkam zamin yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.









