Xushxabar: Sariosiyo tumani mirishkorlari paxta topshirish rejasini birinchilardan bo‘lib bajardi
2026-10-12 07:30:00 / Yangiliklar

Sariosiyo tumanida iqlimning o‘ziga xosligi va suv tanqisligi kabi murakkab sharoitlarga qaramasdan, fermer va klaster xo‘jaliklari tomonidan paxtachilikda ilg‘or xorijiy tajriba, serhosil navlar hamda zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanilmoqda.
Natijada joriy yilgi paxta hosilini qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olish, terim jarayonini samarali tashkil etish va belgilangan reja ijrosini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar o‘z samarasini berdi.
Xususan, Sariosiyo tumani mirishkorlari joriy yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejani 101,5 foizga bajarib, marraga birinchilardan bo‘lib yetib keldi.
Joriy yilda tumanda 1 050 gektar maydonga chigit ekilib, mavsum davomida 5 500 tonna paxta yetishtirildi. Shu tariqa shartnomaviy reja ortig‘i bilan bajarildi.
Terib olingan maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 52 sentnerni tashkil etmoqda. Quvonarlisi, tumandagi “Xayrullo Oltin Dalasi”, “Eshkamol”, “Mirzo Bobur Botirbek” va “Tursunmurodov Abduhalil” kabi fermer xo‘jaliklari har gektardan 52–53 sentnergacha hosil olishga erishmoqda.
Erishilgan natija — sariosiyolik fermerlarning fidokorona mehnati, fermer va klaster xo‘jaliklari hamkorligi hamda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilgani samarasidir.
Sariosiyolik mirishkorlarni erishilgan natija bilan tabriklaymiz!
