Sharg‘un shahar sport maktabi treneri Shohsanam Xurramova xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi
2026-10-06 09:00:00 / Sport

Qirgʻiziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika boʻyicha nufuzli “Manas Demi” (Манас Деми) xalqaro yarim marafoni boʻlib oʻtdi.
Mazkur xalqaro musobaqada Shargʻun shahar sport maktabi yengil atletika boʻyicha treneri Shohsanam Xurramova ayollar oʻrtasida 10 kilometr masofaga yugurish bahslarida barcha raqibalarini ortda qoldirib, 1-oʻrinni egalladi hamda oltin medal sohibasiga aylandi.
Mazkur yutuq sportchimizning yuksak mahorati, matonati va tinimsiz mehnatining yorqin ifodasidir.
💐Shohsanam Xurramovani ushbu munosib gʻalaba bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi xalqaro musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!


