Sariosiyo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Xo'jamqulov G'ayrat Chorievichning tuman aholisiga murojaati
2026-10-05 07:15:00 / Murojaat

Assalomu alaykum,
Aziz tumanimiz aholisi!
Bugungi kunda mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida – avvalo inson qadri ulug‘lanib, fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari himoya qilinmoqda.
Endilikda xodimlarning kunlik faoliyati «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida, jinoyat oqibati bilan kurashish emas, ularning keltirib chiqargan tub sabablarni bartaraf etishga qaratiladi.
Qadrli yurtdoshlar,
Muhtaram Prezidentimizning ta’biri bilan aytganda – Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, ma’rifat va tarbiya qо‘rg‘onidir.
Bu esa aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilish hamda aholi orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan ijtimoiy-profilaktik tadbirlarga barchamiz birdek mas’ulligimizni belgilab berdi.
Mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish va jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash asosida olib borilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar natijasida 9 oyda 61 ta mahallalarning 39 tasi yani 63,9 foizi yashil, 18 tasi yani 29,5 foizi sariq xamda 4 tasi 6,6 foizi qizil mahalla toifasiga kirgan.
Lekin, bu bilan ortiqcha xotirjamlikka berilmasdan, har birimizdan doimo ogoh va sergak bо‘lishni, vaziyatni tо‘g‘ri baholashni, har qanday holatda ham bee’tibor bо‘lmasdan xizmat olib borishni talab etadi.
Shu о‘rinda, fuqarolarimizdan doimo hushyor bо‘lishlarini, xonadon, uy hayvonlari va boshqa kо‘rinishdagi mol-mulklari qarovsiz va ochiq qoldirmasliklarini, har qanday shubhali shaxslar nayranglariga uchmaslikni, hozirgi kunda juda keng tarqalgan ijtimoiy tarmoqlar orqali faolyait olib borayotgan firibgarlar aldoviga uchmaslikni va albatta shaxsiy xavfsizligiga e’tiborli bо‘lishlarini sо‘rab qolardim.
Aziz dо‘stlar.
Hozirgi paytda yо‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yо‘l transport hodisalarini oldini olish nafaqat, ichki ishlar organlari xodimlarining, balki xar bir fuqaroning burchi ekanligini anglashimiz lozim.
2026-yil 9 oyi mobaynida tumanimiz hududida birortayam og'ir va o'ta og'ir turdagi bosqinchilik, talonchilik, og'ir va o'rtacha og'ir tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo'l qo'yilmagan.
Shu о‘rinda, barcha fuqarolarni viktimiologik jinoyat qurboniga aylanib qolmasliklarini hamda yanada ogohlikka chaqirib qolardim.
Hurmatli tumandoshlar,
Har birimiz, Tinchlik – bebaho ne’matligini his etib, vatanimiz mustaqilligi va xalqimiz tinchligini kо‘z qorachig‘idek saqlashimiz lozim.
Albatta, mamlakatimizda jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olishda, umuman barcha sohalarda qonuniylikni ta’minlashda Sizning hamjihatligingiz va kо‘magingizga tayanamiz.
Bugun ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha say-harakatlar – mahallarda xavfsiz muhitni yaratish, xalqimizning mushkulini oson qilish, turmush darajasini yaxshilash hamda jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qonunlarga qat’iy rioya etish, о‘zgalar huquqi, sha’ni va qadr-qimmatini, mol-mulki daxlsizligini hurmat qilish ham qonuniy, ham insoniy burchimiz ekanini doimo yodda tutishimiz zarur bо‘ladi.
