“Yangi O‘zbekiston” massivida bunyodkorlik ishlari ijrosi o‘rganildi
2026-10-05 07:25:00 / Qurilish masalalari

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumandagi “Yangi O‘zbekiston” massivida bo‘lib, avvalgi tashriflar davomida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Xususan, hududda yangi majmualar barpo etish uchun yer tayyorlash ishlari, adaptiv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport majmuasini obodonlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston” Eko bog‘i qurilishi doirasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining sifati va sur’ati, hududni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari atroflicha muhokama qilindi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish hamda barcha obyektlarni belgilangan muddat va sifat talablari asosida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.









