Rahbarlar velosipedda: hududlardagi ishlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
2026-10-05 07:30:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, sektor rahbarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mas’ullar tuman markazi, Yangi O‘zbekiston massivi va Abdulla Qahhor shoh ko‘chasida velosipedda harakatlanib, hududdagi ishlarni o‘rganmoqda.
Tashabbus “Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida avtomobillardan foydalanishni kamaytirish, ekologik madaniyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.









