Rasmiy munosabat
2026-09-29 14:25:00 / Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumanidagi to‘y marosimlaridan birida voyaga yetmaganlarni spirtli ichimlik iste’mol qilishga undayotgan holat aks etgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur holat Sariosiyo tumani Dashnobod hududida ekani aniqlanib, mutasaddilar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.
Voyaga yetmaganlarni spirtli ichimlik iste’moliga undash yoki jalb etish bolaning sog‘lig‘i, huquq va qonuniy manfaatlariga zid. Bunday xatti-harakatlar nafaqat umume’tirof etilgan inson huquqlari me’yorlariga, balki milliy qonunchilik talablariga ham zid bo‘lib, qonun va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda bunday holatlar uchun javobgarlik belgilangan.
Aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi. Bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar kuchaytiriladi.
