Sariosiyoda yirik logistika markazi barpo etilmoqda
2026-09-24 08:30:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tegishli mas’ullar bilan birgalikda O‘zbekiston–Tojikiston chegarasida “Tech Reserved” MChJ tomonidan 6 gektar maydonda barpo etilayotgan logistika markazi qurilishi ishlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida loyiha ijrosini jadallashtirish, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.









