Xotin-qizlar balansi shakllantirish ishlari davom etmoqda
2026-09-14 08:20:00 / Ijtimoiy soha

Xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolarini kompleks o‘rganish hamda manzilli hal etish maqsadida hududlarda "Xotin-qizlar balansi"ni shakllantirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan Respublika ishchi guruhi vakili, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti mas’ul xodimi A. Shaymardanov, Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatova ishtirokida Sariosiyo tumani hokimligi binosida mas’ul tashkilotlar rahbarlari, mahalla yettiligi va mahallalardagi xotin-qizlar faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda "Xotin-qizlar balansi"ni shakllantirishning ustuvor vazifalari, ma’lumotlarni to‘liq va xolis yuritish, har bir xotin-qizning ijtimoiy holatini chuqur tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni manzilli bartaraf etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Yakunida belgilangan vazifalarning ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.









