Sariosiyoda “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” o‘tkazildi
2026-09-09 13:00:00 / Tadbirkorlar qabuli

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish maqsadida Sariosiyo tumanida navbatdagi “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” tashkil etildi.
Sariosiyo tumani Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB raisi o‘rinbosari Umarov Davron Shavkatovich hamda bank vakili Luqmonov Ashrafxon ishtirok etdi.
Dastlab, Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini kengaytirish uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, imtiyozlar va yangi imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan kredit ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, yer munosabatlari, infratuzilma hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Murojaatlarning aksariyati joyida ko‘rib chiqilib, huquqiy tushuntirishlar va amaliy yechimlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda vaqt talab etadigan masalalar esa tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Yakunda, har bir murojaatni chuqur tahlil qilish, tadbirkorlarning muammolarini tizimli va manzilli hal etish, ularning yangi tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.









