“Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlari tanqidiy muhokama qilindi
2026-09-08 08:25:00 / Qurilish masalalari

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tegishli mas’ullar va quruvchilar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan qurilish loyihalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda loyihalar ijrosi, qurilish ishlari sifati va belgilangan reja-grafiklarning bajarilishi tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Shuningdek, massivda barpo etilayotgan Eko-bozor loyihasidagi qurilish ishlari o‘rganilib, ishlarni jadallashtirish, belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.









