Alisher Navoiy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruhi a’zolariga vazifalar belgilab berildi
2026-09-04 07:55:00 / Ijtimoiy soha

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tumani shtab ishchi guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Sariosiyo tumani hokimining birinchi o‘rinbosari G‘.Davlatov olib bordi. Unda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada manzilli ishlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.





