Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilindi
2026-09-04 08:00:00 / Jonli muloqot

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida mahalla yettiligi a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda dastlab, kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahallalarda kambag‘allik darajasini qisqartirish, belgilangan soliq tushumlari ijrosini ta’minlash, hududlarda tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularga ishsiz fuqarolarni biriktirish, shuningdek, boshqa dolzarb masalalar yuzasidan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallalarda olib borilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.






