Qishloq xo‘jaligida vazifalar ijrosi va paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
2026-09-03 07:55:00 / Qishloq va suv xo'jaligi

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida qishloq va suv xo‘jaligi sohasi mas’ullari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, defoliatsiya ishlarini to‘liq yakunlash, paxta yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, terim otryadlarini shakllantirish hamda 2027-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini joylashtirishga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, sohada olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish hamda agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.









