Sariosiyo dehqon bozoridagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalariga marhamat!
2026-08-31 09:00:00 / Tadbirlar

Sariosiyo dehqon bozoridagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalariga marhamat!
📍 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori” MChJ hududida aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilgan.
Bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tegishli mas’ullar bilan birgalidka Sariosiyo dehqon bozoridagi yarmarkalar faoliyati va bozordagi narx-navo barqarorligini o‘rgandi.
Yarmarkalarda chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda yangi o‘quv yili uchun zarur o‘quv qurollarining arzonlashtirilgan narxlarda sotilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mahsulotlar assortimenti hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aziz sariosiyoliklar va tumanimiz mehmonlari!
Sizni Sariosiyo dehqon bozoridagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalariga taklif etamiz!
Bu yerda kundalik ehtiyojingiz uchun zarur bo‘lgan sifatli mahsulotlarni hamyonbop narxlarda xarid qilishingiz mumkin.









