Sariosiyoda ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi
2026-08-25 10:30:00 / Tadbirlar

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab ezgu tashabbuslar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda fidoyi insonlarni e’zozlashga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Sariosiyo tumanida diniy-ma’rifiy sohada samarali faoliyat olib borayotgan, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish, yot g‘oyalar hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda, shuningdek, profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh fidoyi faollar munosib taqdirlandi.
Tadbirda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov taqdirlanganlarni samimiy qutlab, ularning jamiyatda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, yoshlarni yot g‘oyalardan asrash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yo‘lidagi xizmatlarini yuksak baholadi. Faollarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur e’tirof ularning fidoyiligi, mas’uliyatli mehnati va Vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlariga berilgan yuksak baho bo‘lib, kelgusidagi faoliyatlari uchun yana bir rag‘batdir.
Taqdirlangan barcha vohadoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz! Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va ma’naviy taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#Challenge #Mustaqillikning35Yilligi #YagonaVatanYagonaXalq #QaytaruvGuruhi #MaNaviyat #Sariosiyo









